

Insayderimizning ma'lum qilishicha, yarim himoyachi faoliyatini Toshkentda davom ettiradi. Unga "Lokomotiv" jamoasi taklif bilan chiqqan. Avvalroq futbolchining Bekobodning "Metallurg" jamoasiga o'tishi mumkinligi borasida ma'lumot berilgandi. Tez orada "temiryo'lchilar" rahbariyati bilan uchrashadi va barasiga oydinlik kiritib oladi.
Farhod Bekmuratov 2021 yil "Qo'qon-1912" safida 20ta uchrashuvda maydonga tushdi va 1ta golga assitentlik qildi.


