

Insayder Fabricio Romano "Fenerbaxche" hamda Saudiyaning "Al-Ittihod" klubi o'rtasida francuz yarim himoyachisi N'Golo Kante transferi bo'yicha olib borilayotgan muzokaralar tafsilotlarini ma'lum qildi. Shuningdek, u futbolchining agentlari bilan Angliya Premer-ligasining bir klubi bog'langanini ta'kidladi.
Romanoning so'zlariga ko'ra, "Fenerbaxche" Kante transferini yakunlash uchun jiddiy harakat qilmoqda. Futbolchi bilan shaxsiy shartnoma deyarli tayyor, faqat ayrim mayda masalalarni hal etish qolgan. Turk klubi aynan shu jihatlar sabab muzokaralarni tezlashtirishga urinayotgani qayd etildi.
Bunga asosiy sabab sifatida "Fenerbaxche" rahbariyati o'tgan dam olish kunlari Angliya Premer-ligasining noma'lum klubi N'Golo Kante agentlari bilan aloqaga chiqqanidan xabardor ekani keltirildi. Angliya klublari futbolchini safiga qo'shib olish imkoniyatlarini o'rganmoqda.
Shu bois "Fenerbaxche" muzokaralarda faollikni oshirib, kelishuvni yaqin kunlarda yakunlash niyatida. Romanoning takidlashicha, Kante bilan bitim yakuniy bosqichga yaqinlashgan va ushbu transfer francuz yarim himoyachisi uchun jahon chempionati oldidan muhim qadam bo'lishi mumkin.



