Fabio Kannavaro: "Osiyo Kubogida natija uchun kurashamiz"

Sherzod Nurmatov
12 may 2026, 18:17
O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro matbuot anjumanida 2027 yilgi Osiyo Kubogi haqida to'xtalib o'tdi.

“Yanvar oyida bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogidagi guruhimiz juda qiziqarli va kuchli raqiblardan iborat. Har bir o'yin biz uchun jiddiy sinov bo'lib, maksimal e'tibor va tayyorgarlikni talab qiladi.

Mening asosiy ambiciyalarimdan biri - Osiyo Kubogini yutish. Biz bu maqsad yo'lida bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. Jahon chempionati biz uchun tajriba maydoni bo'lsa, Osiyo Kubogida esa natija uchun kurashamiz”, – dedi italiyalik mutaxassis.

7.jpg


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia