Fabio Kannavaro: "Jahon chempionatiga kelgach, undan lazzatlanish kerak, chunki men g'olib bo'la olmasligimizni bilaman..."

admin
8 iyun 2026, 11:18
O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro championat.asia saytiga bergan intervyusi chog'ida bir qator savollarga javob berdi.

Ular orasida quyidagi savol ham bor edi.

- 17 iyun sanasida, Mexikoda Jahon chempionatida debyut qilamiz. Bu ko'plab terma jamoadagi futbolchilarning faoliyatidagi eng muhim o'yin bo'ladi. To'g'ri, Shomurodov va Husanov kabi top chempionatlarda o'ynagan yigitlar bor, ammo butun tarkib emas. Jahon chempionati tajribasi hech kimda yo'q. To'rt marotaba Jahon chempionatida ishtirok etgan inson sifatida, o'sha kuni futbolchilarga nimalar deysiz? Ular bosimni engib o'tishlari uchun nimalar qilishlari kerak? Axir bu mundial...

- Jahon chempionati – bu Jahon chempionatidir. “Manchester Siti”da o'ynashingiz yoki boshqa ko'plab yirik musobaqalarda qatnashishingizdan qatiy nazar, Jahon chempionati baribir Jahon chempionati bo'lib qoladi. Men mundialdagi ilk o'yinimni 24 yoshimda Chiliga qarshi o'tkazganman. O'shanda A Seriyada besh mavsum o'ynab, katta tajriba orttirgan edim. Ammo o'sha o'yin oldidan his qilgan tuyg'ularim butunlay o'zgacha edi va tariflab bo'lmas edi. Boshdan kechirgan bosimim esa aqlbovar qilmas darajada kuchli edi. Nega deysizmi? Chunki ortingizda butun mamlakat turganini, sizni qo'llab-quvvatlayotganini va butun dunyo nigohi sizga qaratilganini his qilasiz. Lekin mening vazifam – buni o'yinchilarimga tushuntirish va ularni o'sha bosimdan xalos qilishga urinish.

Nega? Chunki ular Jahon chempionatiga borayotganimizni va undan zavq olishimiz kerakligini tushunishlari lozim. Zero, agar u erga “yutishimiz shart” degan bosim bilan borsak, undan zavq ololmaymiz. Biz odamlarga nimalarga qodir ekanimizni ko'rsatishimiz kerak. Men o'yinchilarimga bosim o'tkazishni istamayman, chunki tashqaridan bo'ladigan bosimning o'zi shundoq ham haddan tashqari kuchli bo'ladi.

Bu tuyg'u... Luka Toni kabi o'yinchilarni tasavvur qiling. U juda yaxshi futbolchi edi – 2006 yilda deyarli har o'yinda gol urardi. Yodimda, Gana bilan o'yindan oldin u yonimga kelib: “Eshit, Fabio, shu paytgacha bunga qanday chidab kelganingni bilmayman-u, lekin men o'ta kuchli bosim his qilyapman”, – degan edi. Men esa “Tinchlan, va zavq ol” degandim. Bundan chiqariladigan xulosa shuki, bundan zavqlaning, chunki bu – Jahon chempionati. Asosiy ish musobaqagacha qilinadi. Jahon chempionatiga kelgach esa, undan lazzatlanish kerak, chunki men g'olib bo'la olmasligimizni bilaman. Shuning uchun biz o'zimiz bilgan futbolni o'ynashimiz kerak. Maydonga tushib, oila a'zolarimiz bilan ko'chada o'ynagandek futbol o'ynashga harakat qilishimiz kerak. Faqat shundagina biz yaxshi natija ko'rsata olamiz.

"JCH-2026'ni Allplay'da tomosha qiling - CANNAVARO promokodi bilan 45 kun bepul"

Promokodni faollashtirish HAVOLASI

O'xshash yangiliklar


adminMuallif
Manba: championat.asia