

Championat.asia nashri ma'lumotlariga ko'ra, italiyalik mutaxassis jamoa bilan ishlashda davom etadi va bosh jamoani navbatdagi yirik musobaqa – Osiyo Kubogiga olib boradi.
Ma'lumotlarga ko'ra, O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati Kannavaroning ishiga to'liq ishonch bildirgan. Jahon chempionatidagi ishtirokdan so'ng, murabbiy oldiga Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan 2027 yilgi Osiyo Kubogida yuqori natijalar qayd etish, xususan, chempionlik uchun kurashish vazifasi qo'yilmoqda.
Shu tariqa, "Don Fabio" yaqin vaqt ichida terma jamoaning yangi yig'inlarini rejalashtirishi va qita birinchiligiga tayyorgarlikning yangi bosqichini boshlab yuborishi kutilmoqda. Murabbiylar shtabi asosiy e'tiborni tarkibni yanada shakllantirish va qita turnirida muvaffaqiyatli qatnashishga qaratadi.

