"Manchester Siti" APLdagi moliyaviy qoidabuzarliklar ishi bo'yicha apellyaciya berdi

Sherzod Nurmatov
2 okt 2026, 17:15
"Manchester Siti" rasmiy saytida klubni moliyaviy reglamentni ko'plab buzganlikda aybdor deb topgan komissiya qarori ustidan apellyaciya berganini ma'lum qildi.

“Manchester Siti” futbol klubi 2026 yil 1 oktyabr kuni klub Angliya Premer-ligasi Intizom komissiyasi qarori ustidan keng qamrovli apellyaciya berganini tasdiqlaydi. Klub komissiya xulosasida qonunchilik, tamoyillar va faktlar sohasida yaqqol jiddiy xatoliklarga yo'l qo'yilganiga hamda u ko'plab jihatlarda asossiz ekaniga qatiy ishonadi.

Klub Premer-liga tomonidan ilgari surilgan ayblovlarda beayb bo'lib, ushbu ishga doir barcha poziciyalarimizni qo'llab-quvvatlovchi keng ko'lamli rad etib bo'lmas dalillar bazasi mavjud. Biz bundan keyin ham tegishli huquqiy tartib-qoidalarga rioya qilishda davom etamiz. Barcha sud jarayonlari yakunlanmaguncha, keyinchalik qo'shimcha izoh berish imkoniyatimiz cheklangan", – deyiladi klub saytidagi bayonotda.

Avvalroq Angliya Premer-ligasi "Manchester Siti"ni liganing moliyaviy meyorlarini buzganlikda va tergov bilan hamkorlik qilishdan bosh tortganlikda aybdor deb topgandi. Klub ayblovlarga rozi emasligini bildirdi va o'z poziciyasini tegishli instanciyalarda himoya qilish niyatida ekanini ma'lum qildi. Ushbu qarorning ehtimoliy oqibatlari hozircha e'lon qilinmagan, ammo OAV xabarlariga ko'ra, klub chempionlik sovrinlaridan mahrum qilinishi xavfi ostida qolishi mumkin.

2008 yildan beri "Manchester Siti" BAAning "Abu Dhabi United Group" kompaniyasi boshqaruvi ostida faoliyat yuritmoqda. Shu davr ichida klub 8 marta Premer-liga chempionligini, 4 marta Angliya Kubogini va 7 marta Liga Kubogini qo'lga kiritdi, shuningdek, 2022/2023 yilgi mavsumda Chempionlar Ligasida zafar quchdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif