"Brayton" a'zosi APLda sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Sherzod Nurmatov
2 okt 2026, 19:40
"Brayton" yarim himoyachisi Paskal Gross APLda sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deya e'lon qilindi.

O'tgan oyda 35 yoshli xavbek o'z jamoasi safida uchta uchrashuvda ishtirok etib, o'z hisobiga ikkita gol va uchta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.

2.jpg

Xususan, Grossning yorqin o'yini "Brayton"ga o'z maydonida Angliya chempioni - "Arsenal"ni tor-mor etishda (3:0) katta yordam berdi.

APL musobaqa jadvalida "Brayton" 10 ochko jamg'argan holda 3-pog'onani egallab turibdi.

Terma jamoalar o'yinlari sababli yuzaga keladigan xalqaro tanaffusdan so'ng "chag'alaylar" 10 oktyabr kuni safarda "Sanderlend"ga qarshi bahs olib boradi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: premierleague.com