Erve Renar Argentina mag'lub etilgani haqida: "Bu natija Saudiya Arabistoni tarixida abadiy qoladi"

Sherzod Nurmatov
23 noya 2022, 10:39
Saudiya Arabistoni terma jamoasi bosh murabbiyi Erve Renar JCHning 1-turida Argentina ustidan qozonilgan sensacion g'alabadan so'ng (2:1) fikr bildirdi.

"Birinchi bo'limni yaxshi o'tkazmadik. Tanaffus vaqtida futbolchilar biroz xavotirga tushishdi. Men ularga: "Hammasi joyida, birinchi bo'limda yaxshi o'ynadingiz", dedim. Shundan so'ng ular o'yin natijasini o'zgartirish uchun imkoniyat qidira boshlashdi.

Bu natija Jahon chempionatlari va Saudiya Arabistoni tarixida abadiy qoladi. Bu qanday sodir bo'lishini hech qachon bilmaysiz. Bu mehnat va Xudo orqali keladi. Futbolda shunday narsalar borki, ularni tushuntirib bo'lmaydi, chunki Argentina bizdan kuchliroq, ammo bugun futbolchilar o'z mamlakatlari uchun tarix yaratishdi.

Oldinda bizni yuqori reytingga ega jamoalarga qarshi yana ikkita o'yin kutib turibdi, shuning uchun diqqatimizni jamlashimiz kerak", – dedi Renar o'yindan keyingi matbuot anjumanida.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Saudi Gazette