Avstriya bir bo'limdan ortiq kamchilikda o'ynab, Tunisni mag'lub etdi. Zabitcer g'alaba golini urdi

Aslanov Jasurbek
2 iyun 2026, 01:54
Avstriya va Tunis terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi o'z nihoyasiga etdi.


Avstriya terma jamoasi futbolchilari 1:0 hisobida g'alaba qozonishdi.

Avstriya - Tunis 1:0

Gol: Zabitcer 63.

Chetlatish: Laymer 36.

Uchrashuv tafsilotlari:
36-daqiqada avstriyaliklar himoyachisi Konrad Laymer qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.
63-daqiqada yarim himoyachi Marsel Zabitcer o'yindagi yagona golni urdi.
Jahon chempionati - 2026 doirasida Tunis "F" guruhida Shvetsiya, Yaponiya va Niderlandiya terma jamoalari bilan o'ynaydi. Avstriya terma jamoasi esa "J" kvartetida Iordaniya, Argentina va Aljir jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Musobaqa 11 iyun kuni Meksika va Janubiy Afrika o'rtasidagi ochilish uchrashuvi bilan boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia