Xaverc APL tarixidagi eng yaxshi germaniyalik to'purarga aylandi

Sherzod Nurmatov
2 noya 2026, 15:00
"Arsenal" hujumchisi Kay Xaverc nemis futbolchilari orasida gollar soni bo'yicha Angliya chempionati rekordini o'rnatdi, deb xabar bermoqda APL matbuot xizmati.

27 yoshli forvard 9-tur doirasidagi "Liverpul"ga qarshi o'yinning (1:0) 16-daqiqasida Deklan Raysning uzatmasini golga aylantirdi.

Ushbu gol Xaverc uchun APLdagi 46-gol bo'ldi. Bu ko'rsatkich bo'yicha germaniyalik futbolchi "Manchester Siti" safida 45 ta gol urgan Ilkay Gyundoganni ortda qoldirdi.

Haverc APLda 2020 yildan buyon to'p tepib kelmoqda. Uning hisobida "Chelsi" uchun 19 ta va "Arsenal" uchun 27 ta gol mavjud.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: premierleague.com