

U o'zining sobiq jamoasi – "Al-Quva Al-Javiya" klubidan qolgan 150 million Iroq dinori miqdoridagi (taxminan 100 ming AQSH dollari) haqini undirib berishni talab qilmoqda.
Qo'mitaning rasmiy bayonotiga ko'ra, futbolchi tomonidan berilgan davo arizasi yuzasidan "Al-Quva Al-Javiya" sport klubi vakili payshanba kuni Iroq futbol assotsiatsiyasining Bag'doddagi qarorgohiga chaqirtirilgan.
Ayman Husaynning o'z sobiq jamoasi – "Al-Quva Al-Javiya"ga qarshi yozgan shikoyati klub muxlislari orasida keskin noroziliklarga sabab bo'ldi. Ularning fikricha, aynan shu jamoa Husaynni yana katta sahnaga qaytargan va u mazkur klub safida ikki marta Iroq chempionati to'purariga aylangan.
Muxlislarning takidlashicha, hujumchi Iroq futbol assotsiatsiyasining O'yinchilar va murabbiylar ishlari bo'yicha qo'mitasiga shikoyat qilgandan ko'ra, masalani 'Al-Quva Al-Javiya' klubi rahbariyati bilan do'stona yo'l orqali hal qilishi kerak edi.
Shu bilan birga, bazi muxlislar Ayman Husaynni o'z davosida haq deb hisoblashmoqda. Chunki u bunga qadar ham "Al-Quva Al-Javiya" rahbariyatidan o'ziga tegishli bo'lgan moliyaviy haqlarini to'lashni so'ragan. Biroq, na sobiq rahbariyat, na hozirgi rahbariyat va na ular orasidagi muvaqqat boshqaruv kengashi uning pullarining hatto bir qismini ham to'lab bermagan. Shuning uchun u rasmiy shikoyat orqali eng to'g'ri yo'lni tanlagan.
Eslatib o'tamiz, Ayman Hussayn 4 avgust kuni Toshkentning "Paxtakor" klubi bilan yil so'ngiga qadar shartnoma imzolagandi. Tasdiqlanmagan ko'ra, u oyiga 100 ming AQSH dollari ishlab topadi.



