Elit Chempionlar ligasi. "Paxtakor" bosh murabbiyi Maksim Shackix va o'yinchisi Hojiakbar Alijonov "Istiqlol"ga qarshi o'yin oldidan nimalar dedi?

Alisher
24 noya 2024, 21:13
Toshkentning "Paxtakor" jamoasi bosh murabbiyi Maksim Shackix va himoyachisi Hojiakbar Alijonov OFK Elit Chempionlar ligasi 5-tur doirasidagi "Istiqlol" (Eron)ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Maksim Shackix: "Istiqlol"ni o'rganish va tayyorgarlikka ko'p vaqtimiz bo'lmadi, lekin imkon qadar raqibni tahlil qildik. O'yin ikkala jamoa uchun ham juda muhim sanaladi. Har bir ochkoning qadri katta. Biz yaxshi o'yin ko'rsatgan holda ijobiy natija qayd etishga intilamiz. Raqib safida deyarli barcha hujumlarni Masharipov tashkil qilayotganini aytgan bo'lardim. Umid qilamanki, ertaga uning kuni bo'lmaydi va biz uni to'xtata olamiz. Bellashuvda rejalarimizni ishga solib, kerakli natijaga erishishga harakat qilamiz". 

Hojiakbar Alijonov: "Ertangi bahs har ikki jamoa uchun juda muhim va g'alabaning ahamiyati yuqori. Biz bor kuchimizni berib, uyga g'alaba bilan qaytish va ishqibozlarimizni xursand etishga urinamiz".


Eslatib o'tamiz, "Istiqlol" va "Paxtakor" jamoalari o'rtasidagi o'yin ertaga Toshkent vaqti bilan soat 21:00da start oladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: "Пахтакор" матбуот хизмати