

"U albatta "Oltin to'p"ni qo'lga kiritadi. Buning uchun Mbappe Chempionlar Ligasi va La Ligada zafar quchishi yoki jahon chempionatida uzoqroqqa borishi kerak. Lekin shubhasiz, ertami-kechmi u bu sovringa ega chiqadi", - dedi Azar "TF1" telekanali efirida.
Ma'lumot uchun, Mbappe joriy mavsumda barcha musobaqalarda 28 ta o'yinda maydonga tushib, 34 ta gol va 5 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozib qo'ydi. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. "Transfermarkt" portali francuz yulduzini 200 million evroga baholamoqda.



