MYU Kaluluni nishonga oldi: "Yuventus" esa himoyachisi bilan yangi shartnoma imzolamoqchi

Aslanov Jasurbek
2 iyun 2026, 21:53
"Yuventus" klubi Per Kalulu bilan amaldagi shartnomani uzaytirish ustida ish olib bormoqda.

"Corriere dello Sport" nashrining xabar berishicha, turinliklar himoyachi bilan 2030 yilga qadar mo'ljallangan yangi kelishuvga erishmoqchi, shuningdek, ushbu bitimga yana bir mavsumga uzaytirish opciyasi ham kiritilishi rejalashtirilgan. Takidlash joizki, tomonlarning amaldagi shartnomasi 2029 yilda yakuniga etadi.

Hozirda fransiyalik futbolchi yiliga taxminan 2,5 million evro maosh olmoqda. Kalulu o'z daromadini bonuslar bilan birga 4 million evroga etkazishni istamoqda, "keksa sinora" esa futbolchiga mukofot pullarini hisobga olgan holda 3,5 million evrolik maosh taklif qilmoqda.

Shu bilan birga, Per Kalulu "Manchester Yunayted" klubining ham e'tiborida. Mankunianliklar skautlari "Yuventus"ning "Milan"ga qarshi so'nggi o'yinini kuzatib borishdi va futbolchining harakatlaridan mamnun qolishdi. Turinliklar himoyachi uchun 40 million evrodan kam bo'lmagan mablag' talab qilishiga qaramay, MYU uni tarkibiga qo'shib olishga urinib ko'rishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Corriere dello Sport