

“Bavariya” – PSJ 1:1 (Birinchi o'yin - 4:5)
Gollar: 3 - Usman Dembele, 90+4 - Xarri Keyn
“Bavariya”: 1. Manuel Noyer, 44. Yosip Stanishich (19. Alfonso Devis, 67’), 2. Deotshankyul Upamekano (42. Lenart Karl, 85’), 4. Jonatan Ta (3. Kim Min Je, 68’), 27. Konrad Laymer, 6. Yoshua Kimmix, 45. Aleksandar Pavlovich, 17. Maykl Olise, 10. Jamal Musiala (11. Nikolas Jekson, 79’), 14. Luis Dias, 9. Xarri Keyn.
Zaxira: 26. Sven Ulrayx, 40. Yonas Urbig, 21. Xiroki Ito, 22. Rafael Gerreyru, 8. Leon Gorecka, 20. Tom Bishof.
PSJ: 39. Matvey Safonov, 5. Markinos, 51. Vilyam Pacho, 25. Nunu Mendesh (24. Senni Mayulu, 85’), 87. Joau Nevesh, 17. Vitinya, 33. Uorren Zair-Emeri, 8. Fabian Ruis (4. Lukas Beraldo, 76’), 14. Dezire Due (21. Lukas Ernandes, 76’), 10. Usman Dembele (29. Bredli Barkolya, 65’), 7. Xvicha Kvaratsxeliya.
Zaxira: 70. Artur Vino, 80. Bilal Lorendon, 89. Renato Marin, 6. Ilya Zabarniy, 19. Li Kan In, 27. Dro Fernandes, 9. Gonsalu Ramush, 49. Ibragim Mbaye.
Ogohlantirishlar: 8 - Nunu Mendesh, 33 - Yosip Stanishich, 45+3 - Xvicha Kvaratsxeliya, 78 - Luis Dias, 86 - Markinos
🕛 90+8. O'yin yakunlandi, PSJ - finalda!
90+5. Myunxen nima qiladi endi, yana bitta golmi? Qiziq!

⚽️ 90+4. GOL! Keyn hisobni tenglashtirdi!
90+1. Jekson darvozaga juda yaqin masofadan zarba berdi, Safonov ushlab oldi!
90. O'yinning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.
88. Barkolyadan zarba, Noyyerdan seyv!
88. “Bavariya”dan ketma-ket zarbalar bo'ldi, biroq darvozaga bormadi. Futbolchilar bosh hakamga PSJ futbolchisi qo'l bilan o'ynaganini aytmoqda.
85. Haaaa, do'stlar. O'yindan keyin hakamlik mavzusi anchagina muhokama bo'ladi.
83. Mendesh Noyer oldinga chiqib ketganidan foydalanib to'pni “tushirib qo'ymoqchi” edi, ammo aniq bo'lmadi.
79. Xvicha jarima maydonchasiga yorib kirdi, ammo yakuniy zarba berolmadi…
76. Duedan yaxshi zarba, biroz salgina noaniq bo'ldi.
72. Xvicha va Due kombinaciya yakunida zarba berildi, ammo noaniq.
70. Navbatdagi zarba Olisedan! Bunisin PSJ darvozaboni ushlab oldi!
69. Luis Diasning zarbasini Safonov qaytardi!
66. Nunu Mendesh katta tezlikda oldinga yurish qildi, biroq to'pni nazorat qila olmadi.
62. Noyyerdan seeeyv! Due oldinga yurish qilib zarba berdi, Manueldan zo'r seyv!
62. Stanishichning erlatib tepgan to'pini Safonov ushlab oldi.
57. Xvichadan zarba! Bu safar ham Manu to'pni qaytarib yubordi!
56. Yaxshi zarba parijliklardan, Noyyerdan sev!
52. “Bavariya” sekin-asta oldinga o'tmoqda. Keynning zarbasi raqib futbolchilaridan uzoqqa o'tmadi.
49. PSJ to'pni nazorat qilmoqda, Myunxen esa taqibchi rolida.
🕛 46. Ikkinchi bo'limga start berildi.
📊 Dastlabki bo'limdan keyingi statistika:
To'p nazorati - 58% - 42%
Darvoza tomon zarbalar - 9 - 6
Aniq zarbalar - 1 - 3
Burchak zarbalar - 0 - 4
Uzatmalar aniqligi - 84% - 72%
Seyvlar - 2 - 1
🕘 45+3. Birinchi bo'lim yakunlandi.
45+3. Taning zarbasi aniq bo'lmadi.
45. O'yinning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shib berildi.
45. “Bo'ldida endi, bolam”: Musialaning navbatdagi zarbasi ham noaniq ketdi. To'rtinchisi edi bu.
44. Yana Musiala! Bu safargi zarbasi esa noaniq bo'ldi… Dahshat, uch daqiqada uchta zo'r harakat!
44. Jamal! Musiala yaqin masofadan zarba berdi, Safonovdan dahshat seyv!
42. Musiala to'pni erlatib uzatdi markazga, Safonov qaytardi!
41. Luis Dias chapdan yurish qilib jarima maydonchasiga kirdi, biroq to'pni o'zidan uzoqlashtirib yubordi.
37. Yana PSJ oldinga yurish qildi. Due Xvichani to'p bilan taminladi, biroq uning uzatmalari o'xshamadi. Yakunda burchak zarbasi ishlab oldi.
33. Noyer!!! Neveshning bosh bilan bergan zarbasini Manu super seyv qilib, qaytardi!
32 VAR ham ko'rdi, bizningcha. Penalti yo'q! O'yin davom etadi.
31. Yana PSJ futbolisining qo'liga to'p tekkani aytilmoqda, bu safar bir futbolchi o'z sherigining qo'lini nishonga olib qo'ydi bilmasdan. Bu Nevesh edi.
29. Mendesh to'pni qo'li bilan to'xtatdi, unda sariq kartochka bor edi. Biroq bosh haka undan avval Laymer qoida buzganini aytmoqda.
27. Olisedan zo'r zarba bo'ldi, biroq noaniq.
25. Aytish kerakki, temp kutilganidek bo'lmayapti. Biroz sustlashdi o'yin.
22. Dias Zair-Emerini aldab o'tib, zarba berdi, ammo noaniq bo'ldi.
21. Xvichaning zarbasi rekoshetga uchrab, to'p Noyerga borib tushdi.
15. Darhol qarshi hujum PSJdan, yana Xvicha, bu safar o'zi zarba berdi, himoyachilar xavfni bartaraf etishdi.
15. Luis Dias jarima maydonchasiga kirib borib to'pni Olisega uzatdi, uning zarbasi esa darvozaga bormadi.
11. Keynga to'p uzatilgandi, Parij himoyachilari “tozaladi” hududni to'pdan.
🟨 8. Olise Mendeshni sariq kartochkaga ilintirdi, bu hali PSJ boshiga balo bo'lishi mumkin.
5. “Bavariya” oldinga yurish qiladi endi. Ular ikkita gol urishlari kerak eng kamida. Biroq Parij markazda bunga imkon bermayapti.
4. Gollar shousi boshlandimi? Myunxen nima qiladi buyog'iga? Kuzatamiz!

⚽️ 3. GOL! Dembele hisobni ochdi! Xvicha chapdan oldinga yurish qildi, to'pni markazroqqa uzatdi va Usmon gol urdi!
2. O'yin yaxshi boshlandi, hozircha jamoalar to'pni nazorat qilishga urinmoqda.
⚽️ 1. O'yin boshlandi!
Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni YCHL yarim final javob uchrashuvi - “Bavariya” – PSJ bahsining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!



