Di Marcio: "Real" "Liverpul" va "Siti"ning qiziqishiga qaramay, Rodrigoni sotmoqchi emas

Alisher
4 noya 2024
Madridning "Real" klubi "Liverpul" va "Manchester Siti" qiziqishlariga sabab bo'layotgan 23 yoshli qanot hujumchisi Rodrigo Goes bilan xayrlashishni xohlamayapti.

Jurnalist Janluka Di Marcioning xabariga ko'ra, "qaymoqranglilar" prezidenti Florentino Peres Rodrigo yoki Vinisius Junior kabi iqtidorli futbolchilar bilan xayrlashmoqchi emas.

Bundan tashqari, "Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti ham braziliyalik hujumchiga ishonadi. "Qaymoqranglilar" faqatgina Rodrigoning o'zi jamoadagi holatidan norozi bo'lgan taqdirdagina, Rodrigoning sotuv variantini ko'rib chiqadi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/dimarzio