


Husanov mazkur mavsumda hozirga qadar APL doirasida bor-yo'g'i 373 daqiqa davomida to'p tepgan. O'yin amaliyoti bo'yicha u “Manchester Siti” tarkibida 12-o'rinda qayd etilgan bo'lsa-da, maydonda harakat qilgan har bir daqiqasidan hayratlanarli darajada yuqori unumdorlik bilan foydalanmoqda.
Xususan, yosh himoyachi raqibdan to'pni olib qo'yish borasida 16 ta muvaffaqiyatli harakat bilan o'z yo'nalishida 1-o'rinni egallab turibdi. Ushbu ko'rsatkichdagi samaradorlik esa 88,9 foizni tashkil etib, hatto jamoadoshi Yoshko Gvardiolni ham ortda qoldirdi. Bundan tashqari, Abduqodir maydonda o'tkazgan har 90 daqiqasiga to'g'ri keladigan himoyaviy harakatlar soni bo'yicha 7.00 natija ko'rsatib, liga bo'yicha tengsiz deb topildi.

Husanov nafaqat yakkakurashlarda (72.2 foiz g'alaba), balki to'pni jamoadoshlariga etkazib berish madaniyati va aniqligi bo'yicha ham 94,4 foizlik ko'rsatkich bilan mutlaq yetakchilikni qo'lga kiritdi. Ushbu raqamlar hamyurtimiz maydonda kamroq vaqt o'tkazayotgan bo'lsa-da, har bir imkoniyatda yuqori saviyali va ishonchli himoyachi ekanini yaqqol isbotlamoqda.



