

Manbaga ko'ra, mankunianlar rahbariyati yangi bosh murabbiy Maurisio Pochettinoni qo'llab-quvvatlash va mavsumning ikkinchi yarmida jamoa natijalarini yaxshilash maqsadida tarkibni kuchaytirish uchun katta mablag' ajratishga tayyor.
Takidlanishicha, argentinalik mutaxassis Palmerning o'yinini yuqori baholaydi. Yarim himoyachi "Chelsi"ga aynan Pochettino jamoani boshqargan davrda o'tgan edi.
Angliya chempionatining 10-turidan so'ng "Manchester Yunayted" 8 ochko jamg'argan holda APL turnir jadvalida 18-o'rinni egallab turibdi.



