Turkiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi nomini ma'lum. Mutaxassis Ukraina chempionatida faoliyat yuritmoqda

10 okt 2026, 08:45
Turkiya futbol federatsiyasi ayni damda "Shaxtyor" klubini boshqarayotgan sobiq futbolchi Arda Turanni bosh murabbiylikka tayinlashni ko'rib chiqmoqda.

Bu haqda jurnalist va insayder Nikolo Skira X ijtimoiy tarmog'ida xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotiga ko'ra, Turanning ushbu lavozimga tayinlanish ehtimoli juda yuqori. NTV Spor xabariga ko'ra, Turan bir vaqtning o'zida ham klubda, ham milliy terma jamoada faoliyat olib borishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, 9 oktyabr kuni italiyalik mutaxassis Vinchenco Montella Turkiya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimidan ozod etilgan edi.

Turan 2025 yildan beri "Shaxtyor"ni boshqarib kelmoqda; ushbu mutaxassis qo'l ostida klub o'tgan mavsumda Ukraina chempioniga aylandi. Turkiya terma jamoasi safida Arda 100 ta o'yin o'tkazib, 16 ta gol urgan va 25 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan, shuningdek jamoa sardori bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: x.com/NicoSchira