Bundesliga. "Bavariya" to'qqiz kishi bo'lib "Bayer" bilan durang o'ynadi, "Borussiya Dortmund" esa ishonchli g'alabaga erishdi

Alisher Ostonov
14 mar 2026
Germaniya Bundesligasi 26-tur doirasidagi o'yinlar bo'lib o'tdi.

Karim Adeyemining 13 va Luka Rejjianining 59-daqiqalarda urgan golli dortmundliklarga uydagi ishonchli g'alabani taqdim etdi.

O'yinning 6-daqiqasida Aleish Garsiya mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 42-daqiqada myunxenliklar hujumchisi Nikolas Jekson maydondan chetlatildi. Shunga qaramay, Luis Dias 69-daqiqada hisobni tenglashtirishga erishdi. Ammo, aynan uning o'zi 84-daqiqada maydondan “haydaldi”. “Bavariya” o'yin yakuniga qadar shu hisobni ushlab qolishga muvaffaq bo'ldi.

“Bavariya” Germaniya Bundesligasida 26 o'yindan so'ng 67 ochko bilan birinchi, “Borussiya Dortmund” esa 58 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda. Undan keyingi o'rinlarda “Xoffenxaym” (50 ochko), “Shtutgart” (47 ochko), “Leyptsig” (47 ochko) va “Bayer” (45 ochko) bormoqda.







Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia