

Leverkuzenning “Bayer” klubi mehmonda Dortmundning “Borussiya” jamoasini minimal hisobda mag'lub etdi. O'yindagi yagona gol yarim himoyachi Robert Andrix tomonidan urildi.
“Bavariya” esa mehmonda “Sankt-Pauli” darvozasiga javobsiz 5 ta to'p yo'lladi. Gollarga Jamal Musiala, Leon Gorecka, Maykl Olise, Nikolas Jekson va Rafael Gerreyro mualliflik qildi.
“Bavariya” 29 o'yindan so'ng Bundesliga turnir jadvalida 76 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi o'rindagi “Borussiya Dortmund” hisobida 64 ochko bor.







