Braziliya Norvegiyani biror marta mag'lub etmagan

Aslanov Jasurbek
1 iyul 2026, 01:04
Braziliya JCH pley-offida o'zi hech qachon mag'lub eta olmagan Norvegiya bilan o'ynaydi.

Norvegiya terma jamoasi 1/16 finalda Kot-d'Ivuarni mag'lub etib (2:1), JCH-2026 1/8 finaliga yo'l oldi.

Keyingi bosqichda Stole Solbakken shogirdlari Braziliya bilan uchrashadi.

Jamoalar shu vaqtgacha o'zaro 4 marta o'ynagan – ikkita o'yinda Norvegiya g'olib chiqqan, qolgan ikkita o'yin durang bilan yakunlangan. Braziliya hali norvegiyaliklarni mag'lub eta olmagan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: 11v11