Eldor Shomurodov - JCH-2026 guruh bosqichining eng chiroyli goli muallifi

Aslanov Jasurbek
30 iyun 2026, 23:37
FIFA rasmiy saytida JCH-2026 guruh bosqichining eng chiroyli golini aniqlash bo'yicha so'rovnoma yakuniga etdi.

So'rovnomada O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodovning Kongo DRga urgan goli nomzodlar safidan joy olgandi. Shu bilan birga, Vinisius Junior, Kilian Mbappe, Lionel Messi kabi futbolchilar ham da'vogarlar qatorida edi.

Ovoz berish natijalariga ko'ra, Eldor Shomurodov JCH-2026 guruh bosqichining eng chiroyli goli muallifi deb topildi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia