

"Futbol shunday. Vaziyatlardan unumli foydalanish kerak. Afsuski, o'yin yakunida gol o'tkazib yubordik. Futbolchilar bor kuchini ishga soldi va oxirigacha kurashdi. Bizga qarshi final hushtagi chalingunga qadar juda ishonchli himoyalangan munosib jamoa o'ynadi.
Bu eng yuqori darajadagi futbol, bu yerda hamma narsani mayda detallar hal qiladi. Bunday o'yinlarning natijasi juda kichik nyuanslarga bog'liq. Bizning barchamiz uchun bu birinchi Jahon chempionati edi. Biz ko'p narsani o'rgandik, kuchaydik va albatta qaytib kelamiz.
Biz qo'limizdan kelgan barcha ishni qildik va oxirigacha bor kuchimizni berdik. Bugun bu etarli bo'lmadi, ammo biz oldinga intilishda davom etamiz", – dedi Fae beIN Sports efirida.



