

Ushbu o'yin "ko'k-anorranglilar"ning uy stadioni - "Kamp Nou"da o'tkaziladi.
Ikkinchi o'zaro uchrashuv esa La Liganing 35-turi doirasida 9 may kuni bo'lib o'tadi. Jamoalar "qaymoqranglilar"ning uy stadioni - "Santyago Bernabeu"da kuch sinashishadi.
Eslatib o'tamiz, Ispaniya Primerasining o'tgan mavsumi birinchi davrasida Madrid klubi Xans-Diter Flik boshchiligidagi jamoani 2:1 hisobida mag'lub etgandi. Ikkinchi davrada esa Kataloniya klubi Alvaro Arbeloa boshchiligidagi jamoa ustidan 2:0 hisobida zafar quchgan. "Barselona" Ispaniya chempioni bo'lgan, "qaymoqranglilar" esa ikkinchi o'rinni egallagan edi.



