

Bu haqda Tuttomercatoweb xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, Maldini FIGCdagi ehtimoliy ish yuzasidan hali yakuniy qarorga kelmagan. Bundan tashqari, Italiya futboli rahbariyati terma jamoaga bosh murabbiy izlash bilan ham band. Asosiy nomzodlar sifatida Roberto Manchini va Antonio Konte ko'rilmoqda. Manchini milliy jamoa bilan yiliga 2-2,5 million evro maosh evaziga ishlashga tayyor, biroq FIGC Konte nomzodiga moyilroq, lekin bu holatda gap yiliga 4 million evroga yaqin maosh haqida bormoqda.
Eslatib o'tamiz, Italiya terma jamoasi avvalroq JCH-2026 yo'llanmasi uchun kechgan pley-off finalida Bosniya va Gertsegovina terma jamoasiga imkoniyatni boy bergan edi (1:1, penaltilar seriyasida 1:4). Terma jamoa bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo iste'foga chiqarilgandi.



