

Bu haqda "Sky Sport" nashri xabar bermoqda.
Kataloniyaliklar 24 yoshli vinger uchun 20 million evro taklif qilgan, biroq "asalarilar"ni ushbu summa qoniqtirmagan.
"Borussiya" nemis futbolchisini o'z vaqtida "Zalcburg"dan sotib olish uchun to'lagan 33 mln evroni to'liq qaytarib olishni, shuningdek, futbolchining keyingi sotuvidan ma'lum bir foizga ega bo'lish huquqini qo'lga kiritishni istamoqda.
Qayd etilishicha, Adeyemi allaqachon "Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik bilan telefon orqali suhbatlashgan. Futbolchi faoliyatini Kataloniyada davom ettirish ishtiyoqida. Uning "Borussiya" bilan amaldagi shartnomasi tugashiga yana 1 yil vaqt qolgan.



