Bobur Farhodov: "Bugun va nihoyat vaziyatlardan foydalandik"

Iskandarov Abdulaziz
12 fev 2023
Turkiyada yig'inni davom ettirayotgan "Andijon" jamoasi bugun kunning birinchi yarimida Moskvaning "Veles" jamoasiga qarshi maydonga chiqdi.

O'yin davomida yaratilgan vaziyatlardan foydalangan "burgutlar" yakunda 5:1 hisobida g'alaba qozondi. Jamoasining beshinchi goliga mualliflik qilgan Bobur Farhodov uchrashuvdan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

"Avvalgi uchrashuvlarda ham yaxshi o'yin ko'rsatganimizga qaramay vaziyatlarni golga aylantira olmagan edik. Biz hujumlar qilamiz, raqiblar qarshi hujumda darvozamizni ishg'ol qilayotgandi. Bugun va nihoyat vaziyatlardan foydalandik",- deydi Bobur Farhodov. 

- "Veles"ni bir necha kun oldin "Bunyodkor" ham mag'lubiyatga uchratgan edi. Raqib kuchsizmidi?

- Raqib o'sha-o'sha. Avvalgilaridan kuchsiz emasdi. Shunchaki vaziyat bo'ldi, gol urdik. 

- Bugun gol urishni juda istadingiz, lekin doim ham o'xshayvermadi...

- 2-3ta o'yinda gol urmaganimdan keyin bugun darvozaga yo'l topaman, deb niyat qilgan edim. To'p oxiri darvozaga kirdi. 

- Bu g'alaba "Andijon" muxlislarida ishonchni uyg'otdimi?

- Muxlislar bizga ishonishsa, qo'llab-quvvatlashsa Superligada ham uyaltirib qo'ymaymiz, deb umid qilamiz. 


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia