

“Ikki kun oldin umumiy mashg'ulotda Aziz Turg'unboevning chap oyog'i jarohatlandi. Klub shifokori Olimjon Ne'matov esa futbolchining jarohati bo'yicha klub matbuot xizmatiga ma'lumot berdi.
Unga ko'ra, ultratovush tekshirish jarayonida Turg'unboevning jarohati tashxisi aniqlandi: boldir mushagining uzilishi. Bu jarohat bitishi o'rtacha 12-14 kun vaqtni oladi. U 5 kunlik davolanishdan keyin alohida shug'ulanishni boshlaydi”, – deyiladi xabarda.



