

Bunga "Sautgempton"ning Chempionship pley-off finalidan chetlatilgani sabab bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq "Sautgempton" tahlilchisi pley-off bosqichidagi ilk uchrashuv oldidan "Midlsbro" mashg'ulotlarini yashirincha videoga olayotganda qo'lga tushgandi. Ikki o'yin natijasiga ko'ra, "Sautgempton" raqibidan ustun kelib (0:0, 2:1), finalga chiqqandi. Reja bo'yicha ular 23 may kuni "Xall Siti" bilan APL yo'llanmasi uchun kurashishi kerak edi, ammo endi finalda "Midlsbro" maydonga tushadigan bo'ldi.
"Xall Siti" rahbariyati bir haftadan ortiq vaqt davomida aynan "Sautgempton"ga qarshi o'yin uchun tayyorgarlik ko'rib, endi to'satdan "Midlsbro"ga qarshi maydonga tushishga majbur bo'layotganidan qattiq norozi.
"Avliyolar" tomonidan berilgan appelyaciya shikoyati bugun ko'rib chiqiladi. Shu sababli "Xall Siti" futbolchilariga bugun oldindan rejalashtirilgan dam olish kuni berildi. Jamoa ertaga mashg'ulotlarga qaytadi - o'shanda ularda "Midlsbro"ga qarshi o'yinga ikki kunlik tayyorgarlik vaqti qoladi yoki finalda baribir yana "Sautgempton"ga qarshi o'ynash haqidagi xabarni eshitishadi.
Jurnalist Ben Jeykobsning ma'lum qilishicha, "Xall Siti" barcha huquqiy variantlarni ochiq qoldirmoqda, hatto vaziyat bo'yicha final uchrashuvi tugaganidan keyin ham sudga shikoyat qilish ehtimolini ko'rib chiqyapti.



