"Barselona", MYU, "Liverpul", "Chelsi" va PSJ "Atletiko" futbolchisiga da'vogar

31 may 2026, 15:43
Bir vaqtning o'zida beshta top-klub 22 yoshli ispaniyalik himoyachi Mark Pubil bilan shartnoma imzolamoqchi.

Bular "Barselona”, "Manchester Yunayted”, "Liverpul”, "Chelsi" va "PSJ”.

Hozirda "Atletiko"da o'ynayotgan himoyachini ommaviy axborot vositalari Mark Kukurelyaga o'xshatmoqda. "Matrasniklar" hozircha futbolchini sotishga tayyor emas, uning shartnomasida 500 million evro miqdorida to'lov belgilangan. Biroq top-klublar hozircha chekinish niyatida emas.

Pubil 2025 yilda "Almeriya"dan "Atletiko"ga o'tgandi. Futbolchi joriy mavsum klub safida 36 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Caught Offside