Tuxel: "O'yin to'rtta chorakka bo'linib ketyapti"

23 iyun 2026, 10:30
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel JCH-2026dagi suv ichish uchun beriladigan tanaffuslar o'yinga dastlab o'zi o'ylaganidan ko'ra ko'proq ta’sir qilayotganini bayon qildi.

"Mening fikrimcha, bu pauzalar o'yinga men o'ylagandan ko'ra ancha ko'proq ta’sir o'tkazmoqda. Ilgari bizda haqiqatan ham kuchli jazirama bo'lgan paytlarda shunday tanaffuslar bo'lardi. Bu zarur edi, ammo o'shanda ular qisqaroq davom etardi. Bundan tashqari, faqat bir nechta o'yinlardagina sodir bo'lardi. Endi esa - adolat taminlanishi uchun - bu ish har bir uchrashuvda amalga oshirilmoqda.

Shu tariqa, o'yin to'rtta chorakka bo'linib ketyapti. Va bu o'yinning xarakterini men ilgari hisoblaganimdan ko'ra ko'proq o'zgartirmoqda", - deya Tuxelning so'zlarini keltiradi BBC.

Har bir bo'limning o'rtasida majburiy uch daqiqalik pauzalar JCH-2026da joriy etilgan. Avvalroq FIFA ushbu holat Evro-2028 o'yinlarida bo'lmasligini ma'lum qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: BBC