O'zbekiston U-16 terma jamoasi Indoneziyaga qarshi ikkita o'rtoqlik bahsida ishtirok etadi

20 avg 2026, 21:40
Ayder Kurbaev boshchiligidagi O'zbekiston U-16 terma jamoasi ayni kunlarda Milliy futbol markazida o'quv-mashg'ulot yig'inini davom ettirmoqda.

Yig'inning ikkinchi qismi 22 avgustdan Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida davom ettiriladi. U yerda Indoneziya U-16 terma jamoasiga qarshi ikkita nazorat uchrashuvida maydonga tushadi.

24 avgust
Indoneziya - O'zbekiston

27 avgust
O'zbekiston - Indoneziya

Ma'lumot uchun, har ikki uchrashuv ham nazorat o'yini maqomida o'tkaziladi va uchrashuvlardan to'g'ridan-to'g'ri translyatsiya amalga oshirilmaydi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia