

"U-23 Osiyo kubogida Janubiy Koreyaga qarshi o'yinimizni Fabio Kannavaro stadiondan tomosha qildi. Bu bizni hayajonlantirdi. O'yinda 2:0 hisobida g'alaba qozondik va men gol urdim. Musobaqadan so'ng Turkiyadagi klub yig'iniga borganimda, terma jamoa mamuri qo'ng'iroq qilib, Dubayga yetib kelishim kerakligini aytdi. Juda xursand bo'lib, darhol oilamga xabar berdim. Dubayda Kannavaro qo'l ostida mashg'ulotlar o'tkazdim. U inson sifatida ham, murabbiy sifatida ham juda yaxshi mutaxassis. Uning mashg'ulotlari va ko'rsatmalari menga katta tajriba berdi", dedi 19 yoshli futbolchi.
To'liq intervyuni YouTube sahifamizda tomosha qiling:


