

- O'zbekiston terma jamoasi ushbu tarixiy debyutini o'tkazdi. Siz esa mundialdagi yosh futbolchilardan biri bo'ldingiz va bugungi o'yinni asosiy tarkibda boshladingiz. Terma jamoadagi debyut bo'lmasa-da, his-tuyg'ular qanday bo'ldi?
- Avvalambor, assalomu alaykum. Bugungi o'yin juda ham katta dars bo'ldi bizga, albatta. Kolumbiyaga qarshi etarlicha qarshilik ko'rsata oldik, lekin xatolarimiz ham bo'ldi. Keyingi o'yinlarda ham bu xatolarni yo'qotishga harakat qilamiz. Portugaliya, Kongo - hammasiga etarlicha qarshilik qilib, guruhdan chiqishni maqsad qilganmiz.
- Bugungi uchrashuvni asosiy tarkibda boshlashingizni bugun bildingizmi? Qanday his-tuyg'ular o'tdi, kimlar bilan gaplashdingiz?
- Bugun bildim. Lekin bu qiyin emas, chunki jamoamizda hammasi tajribali o'yinchilar bo'lgani uchun bu narsa menga motivaciya beradi. O'yin davomida ham hayajonni engib, koncentraciyani o'yinga qaratdik, yaxshi o'yin bo'ldi deb o'ylayman.

- O'zingizda ozgina hayajon bo'ldimi?
- Albatta... Jahon chempionati, albatta, hammada ham hayajon bo'ladi. Jarohatim sababli men ancha vaqt futbol o'ynamagandim. Lekin futbolni sog'inganim uchun ham bu katta motivaciya bo'ldi va aksincha, futboldan zavq olib o'ynadim.
- Bugun Luis Diasni zararsizlantira oldim deb o'ylaysizmi?
- Etarli vaziyatlarda zararsizlantirdim deb o'ylayman. Bazi joylarda baribir tajriba o'z so'zini aytdi. Albatta, u tajribali futbolchilardan biri.
- Sizdan keyingi o'yinlarda ham uzoq masofadan zarbalar kutamizmi?
- Albatta, buni mening eng yaxshi qurolim desa ham bo'laveradi, chunki uzoqdan zarba yo'llashni yaxshi ko'raman. Qo'limdan keladi, o'zimga ishonaman. Keyingi o'yinlarda ham, Xudo xohlasa, imkoniyat bo'lishi bilan, albatta, zarba beraman.



