

"Oson bo'lmasligi aniq edi. Biz hisobdagi farqni yanada yirikroq qilishimiz mumkin edi, biroq raqib juda yaxshi harakat qildi - tartibli va himoyada zich o'ynashdi, bu esa bizga hujumda qiyinchilik tug'dirdi.
Kuchni behuda sarflamaslik kerak. Vaziyatlardan unumli foydalana olmadik va to'p nazoratini ushlab turishda qiynaldik. Nazarimda, jamoaga yangi kuchlar kiritish kerak edi va buni amalga oshirganimizdan so'ng o'yinimiz ancha yaxshilandi.
Luis Dias, Daniel va Xamintonlarning gol urishgani bizni quvontiradi. Bu keyingi o'yinlar oldidan bizga katta ishonch bag'ishlaydi.
Biz deyarli markaziy himoyachilarimizni maydon markazigacha chiqarib o'ynadik. Haqqoniy g'alabaga erishdik va bu bizga xotirjamlik bag'ishlaydi", - deb fikr bildirdi murabbiy.



