MTJ shifokori: "Behruz Karimov operaciya qilindi va u bir oydan so'ng safga qaytadi"

Aslanov Jasurbek
15 apr 2026, 19:13
O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi Behruz Karimovning sog'lig'i borasida ma'lumot berildi.

O'FA Tibbiy qo'mita raisi Abror Pirmuhammad futbolchining jarohati va o'tkazilgan muolajalar haqida to'xtalib o'tdi.

Behruz Karimov jiddiy jarohat olgan edi. Tezkor tekshiruvlar natijasida futbolchida o'ng oyoq panja (plyusnevoy) suyagi sinishi tashxisi tasdiqlandi.

Tibbiy qo'mita hamda Alisher Aripov boshchiligidagi tibbiy shtab mahalliy va chet ellik mutaxassislar bilan maslahatlashgan holda, futbolchida operaciya o'tkazishga qaror qildi.

"Bugun Behruzda operaciya muolajasi o'tkazildi. Rejaga ko'ra, futbolchi 1 oydan so'ng safga qaytadi", - deydi Abror Pirmuhammad.

Shuningdek, mutaxassis Jahon chempionati final bosqichiga tayyorgarlik ko'rayotgan MTJning har bir a'zosi O'FA va tibbiy shtabning qatiy nazoratida ekanini, doping nazorati, ovqatlanish va farmakologiya kabi yo'nalishlar doimiy kuzatib borilayotganini ta'kidlab o'tdi.

Fursatdan foydalanib, tahririyatimiz nomidan Behruz Karimovga tezroq sog'ayib, maydonga qaytishini tilab qolamiz.

1200px-Pakhtakor_Markaziy_Stadium.jpg


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: https://t.me/abrorpirmuhammad