Azizbek Amonov uchrashuv yakunidan so'ng bahs haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi

18 iyun 2026, 10:04
O'zbekiston MTJ futbolchisi Azizbek Amonov bugungi bahsdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Avvalambor, assalomu alaykum! O'yinning birinchi bo'limida biz raqibga moslashib oldik. Yigitlar ikkinchi bo'limda o'zlariga ancha ishonib maydonga tushishdi. Ikkinchi bo'limda biz tengma-teng harakat qildik, bazi bir jabhalarda esa ulardan ustunroq ham edik.

Xudo xohlasa, keyingi o'yinlarda vaziyatni yaxshilashga harakat qilamiz. Raqiblarimiz safida Dias va Xames ancha yaxshi harakat qildi, ular bizni ancha qiynab qo'yishdi. Aynan ular bugungi o'yinda ko'p narsani hal qilishdi.

Har bir uchrashuvning o'ziga yarasha murakkabligi bor".

1781763743476.jpg

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.asia