

Manbaga ko'ra, nemis klubi o'tgan qishdan beri o'yinchini diqqat bilan kuzatmoqda va yozda transfer bo'yicha muzokaralar boshlanishi mumkin. Londonliklar esa o'z navbatida himoyaning o'ng qanotini "Feyenoord" himoyachisi Jivayro Rid bilan kuchaytirishni xohlamoqda.
Josh Achimpong joriy klub mavsumida 24 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, o'yinchining bozor qiymati 25 million evroni tashkil qiladi. Futbolchining londonliklar bilan shartnomasi 2029 yil yozigacha tuzilgan.



