"Barselona"ga Neymar bilan 50 mln evro evaziga shartnoma imzolash taklif etildi

Alisher
23 iyun 2022
"Barselona"ga PSJ hujumchisi Neymar bilan 50 million evro evaziga shartnoma taklif etildi.

Kataloniya klubiga PSJ tomonidan vositachilar qo'ng'iroq qilishdi. "Barselona"ga Parij klubi bilan muzokaralarda muammo bo'lmasligi vada berildi.

30 yoshli braziliyalikning o'zi esa "Barsa"ga qaytishdan mamnun bo'lar edi. Bu hujumchi ketishga tayyor bo'lgan yagona klub.

Ammo, kataloniyaliklar hozirda Neymar bilan shartnoma imzolash variantini ko'rib chiqishmayapti, sababi ular "Bavariya" hujumchisi Robert Levandovskining transferiga e'tiborlarini qaratishgan.

Neymar o'tgan mavsum parijliklar safida barcha musobaqalarda 28ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol va 8ta assist qayd etdi. Hujumchining klub bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/elchiringuitotv