"Al Kuvayt"ning bir futbolchisi "Nasaf"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi, yana bir hujumchi safga qaytdi

Оқил Абдубарноев
4 noya 2026, 00:25
Kuvaytning "Al Kuvayt" klubi Osiyo Chempionlar ligasi-2 guruh bosqichi 4-turidan o'rin olgan "Nasaf"ga qarshi uchrashuvga tayyorgarlikni yakunlamoqda.

Kuvayt matbuoti xabar berishicha, jamoa hujumchisi Yusuf Nosir jarohatidan tiklanib, Qarshi klubiga qarshi uchrashuvda maydonga tushishga tayyor. Futbolchi ushbu jamoalar o'rtasidagi avvalgi bahsni jarohati sababli o'tkazib yuborgan edi.

Biroq kamerunlik himoyachi Umar Gonsales "Nasaf"ga qarshi navbatdagi uchrashuvda ishtirok eta olmaydi. U Qarshida o'tkazilgan bahsda mushaklaridan jarohat olgan.

Ayni paytda "Al Kuvayt" 6 ochko bilan "A" guruhida ikkinchi o'rinni egallab turibdi. "Al Vahda" 9 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. "Nasaf" va "Al Xolidiya" hisobida esa bir ochkodan bor.

Ma'lumot uchun, "Al Kuvayt" va "Nasaf" o'rtasidagi Osiyo Chempionlar ligasi-2 guruh bosqichi 4-tur uchrashuvi 4 noyabr kuni Kuvaytda bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, 28 oktyabr kuni Qarshida o'tkazilgan 3-tur bahsida "Al Kuvayt" 1:0 hisobida g'alaba qozongan edi.

Avvalroq yarim himoyachi Al Mahdi Barhama diskvalifikaciya sababli navbatdagi bahsda ishtirok eta olmasligi haqida xabar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Alraimedia