

Iroqning Basra shahridagi xalqaro stadionda o'tkazilgan uchrashuvda Tehron klubining ikki nafar o'zbekistonlik futbolchisi ishtirok etdi.
O'zbekistonlik yarim himoyachi Jaloliddin Masharipov asosiy tarkibda maydonga tushib, uchrashuvni to'liq o'tkazdi.
"Istiqlol"ning yana bir o'zbekistonlik futbolchisi Rustam Ashurmatov esa uchrashuvni zaxira o'rindig'ida boshladi va hakam tomonidan qo'shilgan daqiqalarda Jasir Asani o'rniga maydonga tushdi.
Uchrashuvning asosiy vaqtida hisob ochilmadi. Hakam tomonidan qo'shib berilgan birinchi daqiqada Jasir Asani tomonidan urilgan gol "Istiqlol"ga 1:0 hisobidagi g'alabani keltirdi.
Shu tariqa, Eron klubi Osiyo Chempionlar ligasi Elit turniridagi navbatdagi g'alabasini qo'lga kiritdi.
Mazkur uchrashuvni o'zbekistonlik hakamlar brigadasi boshqardi. Bosh hakam vazifasini Asker Najafaliev bajardi. Unga qanotlarda Baxtiyorxo'ja Shavkatov va Ruslan Serazitdinov yordam berdi. VAR tizimida Firdavs Norsafarov va Abdurashid Xudoyberganov faoliyat olib bordi.



