

Futbolchi o'yinoldi matbuot anjumanida jamoasi Qarshi klubiga qarshi bahsga to'liq tayyor ekanini ta'kidlab, muxlislarga g'alaba vada qildi.
"Muxlislarimizga g'alaba qozonishga vada beramiz. Ularni stadionga kelib, ushbu muhim uchrashuvda bizni qo'llab-quvvatlashga chaqiramiz. Biz o'yinga to'liq tayyormiz. Barcha futbolchilar o'zlarining eng yaxshi o'yinini namoyish etishga shay", – dedi Hammud.
Shuningdek, futbolchi "Nasaf"ga qarshi uchrashuvda mahalliy iqlim sharoiti jamoasiga ustunlik berishi mumkinligini ta'kidladi.
"O'z maydonimizda, muxlislarimiz qarshisida o'ynash bizga bosim yuklamaydi. Aksincha, havoning namligi foydamizga ishlashi mumkin. Noyabr oyi boshlanganiga qaramay, bu yerda hali ham namlik yuqori. Biz bunday sharoitga o'rganganmiz va bu omil o'zbekistonlik raqibimizga qarshi o'yinda bizga yordam berishidan umidvormiz", – dedi futbolchi.
Fahd Hammud barcha quvaytlik muxlislarni klubidan qati nazar, jamoani qo'llab-quvvatlashga chaqirdi.
"Al Kuvayt" ushbu musobaqada butun Quvayt sharafini himoya qilmoqda. Shu sababli stadionga ko'plab muxlislar kelishini istaymiz. Stadion chiroyli, maydon holati yaxshi va o'yin vaqti ham qulay. Xudo xohlasa, g'alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqish bilan muxlislarimizni xursand qilamiz", – dedi Hammud.
Ma'lumot uchun, "Al Kuvayt" va "Nasaf" o'rtasidagi Osiyo Chempionlar ligasi-2 guruh bosqichi 4-tur uchrashuvi 4 noyabr kuni Quvaytda bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, mazkur jamoalar o'rtasida 28 oktyabr kuni Qarshida o'tkazilgan uchrashuvda "Al Kuvayt" 1:0 hisobida g'alaba qozongan edi.



