"Barselona" yarim himoyachisi "Monako"ga o'tishga yaqin

Sherzod Nurmatov
4 iyun 2026, 18:06
"Barselona" yarim himoyachisi Mark Kasado "Monako"ga o'tishga yaqin turibdi.

Kelishuv 23 million evroga baholanmoqda va futbolchi 2031 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolaydi.

"Barselona" yarim himoyachining keyingi har qanday sotilishidan 20% ni o'zida saqlab qoladi.

22 yoshli Kasado o'tgan mavsum kataloniyaliklar safida 34 o'yinda qatnashib, 1 ta golli pas uzatdi.

"Monako" Fransiya chempionatida 7-o'rinni band etdi. Monegaskliklar keyingi mavsum Konferenciyalar Ligasi saralash bosqichida ishtirok etadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport.es