“Barselona” Gavining jarohati tafsilotlarini ma'lum qildi

Sherzod Nurmatov
25 avg 2026, 11:45
“Barselona” yarim himoyachisi Gavining jarohati qanday ekanligi ma'lum bo'ldi.

22 yoshli futbolchi La Liganing 2-turidan o'rin olgan “Elche”ga qarshi uchrashuvda (5:0) jarohat oldi va birinchi bo'lim oxirida almashtirildi.

Kataloniya klubi matbuot xizmati xabariga ko'ra, Gaviga o'ng tizza lat eyishi tashxisi qo'yilgan.

Tiklanishning aniq muddati ochiqlanmagan, biroq futbolchi yaqin vaqt ichida mashg'ulotlarga qaytishi takidlanmoqda.

Avvalroq Gavi jiddiy tizza jarohatini olgan edi - 2023 yilda ispaniyalik futbolchining oldingi xochsimon paylari uzilgandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fcbarcelona.com