"Sevilya" murabbiyi: "Rafinya "Oltin to'p"ga hatto nomzod ham qilib ko'rsatilmadi"

Administrator
20 sen 2026, 12:01
"Sevilya" murabbiyi Luis Garsiya Rafinyaning 2026 yilgi "Oltin to'p" da'vogarlari orasida yo'qligidan hayratda ekanini bildirdi.

Avvalroq "Barselona" hujumchisi La Ligada ketma-ket ikkinchi xet-trigini qayd etdi - "Sevilya"ga qarshi o'yinda (3:1).

"Uni hatto “Oltin to'p“ga nomzod ham qilishmadi... U o'yinlar taqdirini hal qiladi, shu sababli bunday mukofotlarga ishonmayman. U maydonda hamma narsani qiladi.

“Barselona” ajoyib o'yin darajasini ko'rsatmoqda, ammo meni ko'proq “Sevilya” tashvishga solmoqda. Bizni mag'lub etish uchun raqib bor kuchini ishga solishi va o'z eng yaxshi o'yinini ko'rsatishiga to'g'ri keldi", - dedi Garsiya.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: As