

Eslatib o'tamiz, forvard "Rasing" (7:2) va "Sevilya" (3:1) darvozalariga uchtadan to'p kiritdi.
Jurnalist Aleksis Martin-Tamayoning X ijtimoiy tarmog'idagi Mister Chip akkaunti xabar berishicha, turnir tarixida faqat "Ovedo" futbolchisi Isidro Langara (1934/1935 yilgi mavsumda) va "Atletik" a'zosi Telmo Sarra (1946/1947 yilgi mavsumda) ketma-ket uchta o'yinda xet-trik qayd etishgan.
Qayd etish joizki, Rafinya 2017/2018 yilgi mavsumda "Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmanndan so'ng La Ligada ketma-ket ikkita xet-trik qayd etgan birinchi futbolchiga aylandi. Bu esa Ispaniya chempionati butun tarixidagi 30-shunday holatdir. Braziliyalik futbolchiga qadar "Barselona" o'yinchilari orasida ushbu natijaga faqat Lionel Messi (uch marta) va Luis Suares erishishgan edi.
Keyingi o'yinda "Barselona" terma jamoalar tanaffusidan so'ng o'z maydonida "Xetafe"ni qabul qiladi.



