

Bu haqda "L’Équipe" nashri xabar beradi.
Manba ma'lumotiga ko'ra, London klubi 25 yoshli forvardni sotib olish poygasida oldinga chiqib oldi. Xususan, "shporlar" "Nyukasl"ni ortda qoldirishdi. "Monako" AQSH terma jamoasi futbolchisini sotish bo'yicha muzokaralarga tayyor.
O'tgan mavsumda Balogun barcha musobaqalarda 43 ta o'yinda maydonga tushib, 19 ta gol va beshta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 50 mln evroni tashkil etadi.



