

Seminarda klublarni licenziyalash, OFK musobaqalarida qatnashish uchun assotsiatsiyalar, ligalar va klublar uchun qo'yiladigan talablar, qatnashchi klublarning infratuzilmasi uchun talablar va klublar futbolini rivojlantirish kabi masalalar muhokama qilinyapti.
Unda O'zbekistondan ham PFLni 2 nafar vakili qatnashyapti. Klublarni licenziyalash bo'limi boshlig'i Jalolxon Inog'omxo'jaev va Direktorning kommunikaciya masalalari bo'yicha o'rinbosari Abdulbasit Valixonov ishtirok etishyapti.
OFKda ishlayotgan hamyurtumiz Zohirbek Akramxonov seminarda Kvotalar taqsimoti va OFK klublar musobaqalarida qatnashish uchun assotsiatsiyalar, ligalar va klublar uchun qo'yiladigan talablar mavzusida taqdimot qildi.
Har yili yangi mavsum oldidan shu seminar o'tkazilib, yangi mavsum oldidan kiritilgan o'zgarishlar haqida ma'lumot beriladi.




