"Barselona" futbolchisi xochsimon bog'lamaci uzilgani sababli yarim yilga safdan chiqdi
12 avg 2026, 08:25
"Barselona" vingeri Runi Bardagji tibbiy ko'rikdan o'tdi, natijada unda o'ng tizzaning xochsimon boylami uzilgani aniqlandi, deb xabar beradi klub matbuot xizmati.
20 yoshli futbolchi mashg'ulot vaqtida jarohat olgan. U jarrohlik amaliyotini o'taydi. Uning 6–7 oyga safdan chiqishi kutilmoqda.
Bardagji "Barselona"ga 2025 yilning yozida "Kopengagen"dan o'tgan edi.